Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda “Real” “Leypsig” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 2-daqiqasida nemislar burchak to‘pini amalga oshirdi. To‘p Xavyer Shlagerga tushdi. Yarim himoyachining zarbasidan so‘ng, to‘p Benyamin Sheshkoga yetib keldi va hujumchi boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Goldan so‘ng qanot hakami o‘yindan tashqari holat borligini qayd etib, bayroqchasini ko‘tardi. Bosh hakam Irfan Pelto vaziyatni VAR bilan muhokama qildi va yon hakamining qarorini tasdiqladi.

Avvaliga Sheshko o‘yindan tashqari holatda qolgani uchun gol bekor qilindi, deb hisobladi, lekin takroriy vaziyatlardan ko‘rish mumkinki, Rodrigo darvozaga hujumchidan ko‘ra yaqinroq edi.

Foto: Sports

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos vaziyatga izoh berdi: “O‘ylashimcha, hakam futbolchi darvozabon yo‘liga chiqqani uchun ofsayd belgiladi, ammo bu vaziyatda posbon to‘pga yetolmasdi, nazarimda gol inobatga olinishi kerak edi”, — deydi germaniyalik futbolchi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ushbu gol bekor bo‘lishiga sabab Benyamin Henrixs va Andrey Lunin to‘qnashuvi bo‘lgan. “Leypsig” futbolchisi “Real” darvozabonini turtib yuborib, unga xalaqit berganligi aniqlangan.

Ushbu surat darvoza ortidagi kameradan olingan. Bu holat faqatgina birinchi bo‘lim oxirlarida translyatsiya rejissorlari tomonidan ko‘rsatilgan.

Foto:Sports

Sobiq hakam Iturralde Gonsales AS’ga bergan intervyusida Henrixsning qo‘l bilan darvozabonga bo‘lgan harakati qoidalarga zid ekanligini ta’kidladi. “Agar siz qoidalarga qarasangiz, bu yerda u buzilganini ko‘rishingiz mumkin”, — deydi Gonsales.

Boshqa bir hakam Mateu Laos bu vaziyatdagi golni bekor qilish xato bo‘lganini ta’kidladi. “Bunday holatlar maydonda bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham VAR bor. Bu yerda golni bekor qilish ahmoqlik”, — deydi ispaniyalik arbitr.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6-mart sanasida “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »