Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qadimdan insonlar turli o‘simliklar, go‘sht va suyak mahsulotlaridan damlamalar, dorivor sho‘rvalar tayyorlab kelgan. Ulardan eng foydali va immunitetni mustahkamlaydigani bu, albatta, suyakdan tayyorlangan sho‘rvadir. Obdon qaynatiladigan bunday taom zamonaviy tilda “superfud” deb atalmoqda.

Foto: Wday

Suyak sho‘rva salomatlik uchun bir qator afzalliklarga ega. Ushbu taom buyraklar faoliyati va ovqat hazm qilish tizimini mustahkamlash uchun qadimda faol qo‘llangan. Uni tayyorlash uzoq vaqtni olsa-da, juda oson. Buning uchun bizga kerak bo‘ladi:

Suyak — 600 g;

Sabzi — 1 ta;

Tuz, zirarvorlar, limon sharbati — ta’bga ko‘ra.

Suyaklarni 2-5 daqiqa davomida qaynating, keyin suvini to‘kib tashlab, suyaklarni yuving. So‘ng toza filtrlangan suv solib, kamida 12 soat past olovda qaynating. Sho‘rva pishishiga 1-2 soat qolganda boshqa sabzavotlar va ziravorlar solish mumkin. taomga solingan limon bo‘laklari uni yanada xushta’m qiladi.

Foto: Fitnees-beauty

Suyakli sho‘rvaning qanday foydali xususiyatlari mavjud?

  • Tananing oqsil tuzilmalarini va bo‘g‘imlarni mustahkamlash;
  • Oshqozon-ichak tizimini tiklash va davolash;
  • Teri, soch, tirnoqni mustahkamlash;
  • Metabolizmni tezlashtirish;
  • Asab tizimini tiklash;
  • Suyak to‘qimalarining sifatini yaxshilash.

Mol suyaklaridan tayyorlangan sho‘rva to‘yimli va kuchli bo‘lib, organizmda temir tanqisligi, og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan keyin tiklanish uchun ayni muddao. Ammo oqsil va yog‘ almashinuvining buzilishi, ateroskleroz, yuqori xolesterin va buyrak kasalliklarida qo‘llashda shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »