Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolalar ertaklari bizni itoatkor va fidoyi bo‘lishga o‘rgatadi, lekin bu har doim ham yaxshilikka olib kelmaydi.

“Tulki va bo‘ri” multfilmidagi tulki

Avvaliga o‘zini o‘likka solib, choldan baliq o‘g‘irlagan, so‘ng bo‘rining dumi yulinishiga sababchi bo‘lib, “yengilgan yutganni ko‘taradi” deb uning ustiga minib olgan firibgar tulki esingizdami? Tulki ko‘pincha ayyorlik bilan kun kechiradigan obraz sifatida namoyon bo‘ladi. U bo‘g‘irsoqni yeydi, qarg‘aning pishlog‘ini o‘g‘irlaydi... Ba’zan unga qarshi chiqadiganlar ham topiladi, masalan, “Tulki va turna”dagi turna. Ammo ko‘pincha yirtqich jazosiz qoladi.

Multfilmda tulki yaxshi bo‘lib tuyulishi mumkin. Uning kuchi yoki hokimiyati yo‘q, lekin u aqlli bo‘lgani uchun xohlagan narsasini oladi. Ammo hozirgi kunda tulkining bunday xatti-harakatlari firibgarlik deyiladi.

“Cho‘rtanbaliq” ertagidagi Yemelya

Yemelyaning taqdiri boshqacha: u pechka ustida yotadi, chunki u juda dangasa. Ammo keyin u sehrli baliq — cho‘rtanbaliq bilan uchrashadi va hamma narsaga qodir bo‘ladi. Qahramon narsalarni kundalik ishlarni bajarishga majbur qiladi. Bundan tashqari, o‘ziyurar chanalar o‘tin uchun ketayotganda ko‘p odamlarni bosib ketadi. G‘azablangan odamlar uni tartibga chaqirganda, u to‘qmoqqa ularni kaltaklashga buyuradi. U pechdan turib tashqariga chiqishga eringani uchun o‘zi yashayotgan uyni buzadi. Yemelya malikani xotin qilib oladi, chunki cho‘rtanbaliq uni boy va chiroyli odam qilgandi.

U bularning barchasiga shunchaki mehribonlik qilgani — cho‘rtanbaliqni qo‘yib yuborgani uchun erishadi. Ammo bu uning istaklarini bajarishga va’da berganidan keyingina sodir bo‘ladi.

Umuman olganda, Yemelya juda yoqimsiz obraz bo‘lib, undan fazilat topish qiyin. Shunga qaramay u xohlagan hamma narsasiga erishadi. Bu obrazdan namuna sifatida foydalanishga arzimaydi.

“Ayoz bobo”dagi Nastenka

Bu triller uchun yaxshi syujet bo‘lishi mumkin edi. Ota o‘gay onaning buyrug‘i bilan o‘z qizini o‘rmonga olib boradi va uni qahraton qishda yolg‘iz tashlab ketadi. U notanish qariyani uchratadi, chol uning atrofida aylanib, isiganmi yoki yo‘qligini so‘rab uni masxara qiladi. Qiz esa isidim, deb yolg‘on gapirishda davom etadi. Ayoz bobo uni saroyiga olib boradi, bir muddat unga boshpana beradi. Va oxirida qiz undan kuyov va yaxshigina sep oladi.

Bu ertak agar hammaga qulay, itoatkor bo‘lsangiz va o‘z ehtiyojlaringiz va shaxsiy chegaralaringizni unutsangiz, oxirida sizni muqarrar baxtli yakun kutadi, degan fikrni beradi.

Ammo bolalar uchun bunday axloq shunchaki xavfli bo‘lishi mumkin. Agar bolaga o‘z chegaralarini himoya qilish o‘rgatilmasa, u ba’zi kattalar zarar yetkazmoqchi bo‘lganida qarshilik ko‘rsatolmay qolishi mumkin.

Aytgancha, Nastenkaga o‘xshagan qahramonlar talaygina. Uning o‘rniga deyarli har qanday malikani qo‘yish mumkin — Rapunzel, uyqudagi malika, Oppog‘oy va boshqalar. Ularning hayoti aynan bir xil: kelishgan shahzoda paydo bo‘ladi va qizni qutqaradi. Yoki yo‘q, chunki hayot ertak emas. Shu sababli ham bunday obrazlar birovning yordamini kutmay, o‘zini qutqarishga harakat qilishga namuna bo‘la olmaydi.

“Qor malikasi”dagi Gerda

Do‘stini qutqarish uchun xavfli sayohatga chiqqan fidoyi qiz bu jarayonda o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyon qiladi va oxir-oqibat Kayni yovuz Qor malikasining qo‘lidan tortib oladi. Ammo kichik bir “lekini” bor.

Yaxshiyamki, ertakda Gerdaning sa’y-harakatlari muvaffaqiyat bilan yakunlanadi. Hayotda esa bunday voqealar ko‘pincha yaxshilik bilan tugamaydi. 

Ba’zida hamma narsadan mamnun bo‘lgan odamni qutqarish hayotni juda murakkablashtirishi mumkin. Bunday vaqtlarda juda ko‘p harakat qilsangiz ham ko‘pincha hech narsaga erisholmaysiz. Shuning uchun ba’zida orqaga chekinish to‘g‘ri yo‘l ekanini tushunish kerak. Gerdaning strategiyasi o‘z samarasini berdi, lekin uning izidan borishdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘rish kerak.

“Bolakay va Karlson” trilogiyasidagi Karlson

Tarjimon Lilianna Lungina va ushbu qahramon haqidagi multfilm ijodkorlarining katta xizmatlari tufayli Karlsonni bolaligimizdan taniymiz. Ammo vatani Shvetsiyada mazkur multfilm bunchalik muvaffaqiyatga erishmagan. Buning sabablarini taxmin qilish mumkin, chunki Karlson — egoist, yolg‘onchi va bezori.

Karlson haqidagi trilogiyani yozgan Astrid Lindgrenning shunga o‘xshash qahramonlari ham bor. Misol uchun, uzunpaypoq Pippi — yolg‘iz yashaydigan juda kuchli qiz. Uning hayoti ham sarguzashtlarga to‘la, lekin shu bilan birga u mas’uliyatli, yoshiga qaraganda ancha aqlli, shuningdek, do‘stlari Tommi va Annika haqida doimo qayg‘uradi.

Ammo Karlson bunday emas. U bolakayni xavf ostiga qo‘yadi, uni o‘zining shum ishlariga tortadi, umuman olganda, bolakayga yomon ta’sir o‘tkazadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »