Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivudda birinchi filmdan keyinoq aktyorlarni unutish holatlari tez-tez uchrab turadi. 90-yillarda bunday taqdirlar Krishan Kumar, Prithvi, Faysal Xon va Himolay Dassani bilan sodir bo‘ladi. Ular kino sanoatida omadlarini sinab ko‘rgan, lekin juda tezda ekranlardan g‘oyib bo‘lgan.

Salmon Xonning yaqinda suratga olingan “Kimningdir ukasi, kimningdir hayoti” filmida Dassani Bhagyashri bilan birga epizodik rolda suratga tushdi va bu nafaqat “Sevib qoldim” filmi, balki juftlikning mashhur romantikasi haqidagi xotiralarni ham esga soldi. Filmda ellik yoshli Himolay 90-yillardagi debyuti bilan solishtirganda tanib bo‘lmas darajada edi. O‘shanda u endigina 20 yoshdan oshgandi, uning kelishgan qomati va uzun sochlari har kimning havasini keltirardi. Hozir esa to‘kilayotgan sochlar va ortiqcha vazni bilan aktyorni tanib bo‘lmasdi.

Himolay Dassani 1968-yil 27-noyabrda badavlat sindxiy oilasida tug‘ilgan. Boy ishbilarmon oilaning uchinchi farzandi bo‘lgan bolakay hech narsaga muhtoj emasdi. Erkatoy o‘g‘il maktabga ham o‘rtoqlari bilan o‘ynash va dam olish uchun borardi.

Uning bolalikdagi sevgilisi Bhagyashri Patvardxan bilan uchrashishi va u bilan turmush qurishi Bollivudning o‘ziga xos blokbasteri uchun ssenariy bo‘lishi mumkin. Ikkalasi bir maktabda o‘qigan. Bhagyashri sinf sardori edi va ko‘pincha Himolayni to‘polonchiligi uchun jazolardi. Bolalikda ular tez-tez janjallashib, urishishardi. Ammo asta-sekin ular bir-birini sevib qoladi.

O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng, ikkalasi ham bir necha yil tanaffus qilishga qaror qiladi. Himolay o‘qish uchun Amerikaga ketadi, Bhagyashriga esa Suraj Barjatyaning “Sevib qoldim” (1989) filmidagi bosh rolni taklif qilishadi, qiz rozi bo‘ladi. Film o‘z davrining blokbasteriga aylanadi, Bhagyashri bir kechada yulduz bo‘lib uyg‘onadi. Premyeradan so‘ng Himolay Hindistonga qaytib keladi va juftlik yana uchrashishni boshlaydi.

Ularning nikohi ham deyarli kinolardagidek edi, chunki yoshlar Bhagyashri oilasining katta qarshiliklariga duch keladi. To‘yda faqat Himolayning ota-onasi, rejissyor Suraj Barjatya va Salmon Xon ishtirok etgan ibodatxonada bo‘lib o‘tadi. Kino sanoati aktrisaning turmushga chiqqani haqida bilgach, Bhagyashri Bollivudni abadiy tark etadi deb taxmin qilishadi. Biroq bunday bo‘lmaydi.

Himolay ham aktyor bo‘lishni xohlardi, shuning uchun o‘sha davrning barcha yirik prodyuserlarining orzusi bo‘lgan yosh rafiqasi unga yordam berishga qaror qiladi. Aktrisa eri Himolay uning partnyori bo‘lishi sharti bilan Bollivudda ishlashni davom ettirishini aytadi.

Er-xotin birgalikda bir nechta filmlar uchun shartnoma imzolaydi va ularning birinchi chiqishi 1992-yil boshida “Qafasdagi bulbul” filmi bo‘ladi. Kino boshlanishidan avval ekranda shunday titrlar chiqardi: “Bollivudning yangi yulduzi — Himolay bilan tanishing!”. Tomoshabinlar, albatta, Bhagyashrining eri kimligini va u rol ijro eta oladimi yoki yo‘qmi bilishga qiziqadi.

“Qafasdagi bulbul” oddiy melodrama bo‘lib, unda Himolay o‘zining haqiqiy turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, ko‘plab jangari sahnalarni o‘ynaydi. Afsuski, film tanqidchilarning salbiy baholarini oladi. Ularga, ayniqsa, bosh qahramon yoqmaydi. Tomoshabinlar ham filmni tomosha qilmaydi va u kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Shu yilning o‘zida yana ikkita film ekranlarga chiqadi — bu juftlik ishtirokidagi “Tyagi” va “Payal” kartinalari edi. Ikkala film ham kassada to‘liq omadsizlikka uchraydi va bir haftalik prokatdan so‘ng kinoteatrlardan olib tashlanadi.

Shundan so‘ng Himolay Bollivudda qiladigan ishi yo‘qligini tushunadi. U aktyorlik bilan xayrlashib, bor e’tiborini biznesiga qaratishga qaror qiladi. Aytgancha, u biznes yuritishda juda omadli tadbirkor edi. Yangi ming yillikda Himolay kino va televideniyega sarmoya kiritishga qaror qiladi va Shrishti Entertainment kompaniyasiga asos soladi.

2002-yil noyabr oyida u teleseriallar ishlab chiqarishni boshlaydi, shu jumladan, byudjeti 5 million kror bo‘lgan va rafiqasi Bhagyashri mashhur qahramon Arti rolini o‘ynagan “Qog‘oz qayiq” seriali ekranlarga chiqadi.

Himolay va Bhagyashrining ikki farzandi bor — o‘g‘li Abhimanyu va qizi Avantika. 2018-yilda ularning o‘g‘li Bollivuddagi debyutini “Og‘riqni his qilmaydigan odam” filmida qildi. 2022-yilda qizi Avantika “Yolg‘on” (2022) veb-serialida ilk marta rol o‘ynadi.

Besh yil oldin ularning oilasi qiyinchilikka duch keladi. Himolay qimor o‘yinlariga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olinadi. Keyin Bhagyashri bu haqda Twitter’da yozadi va erini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Yaxshiyamki, Dassani darhol garov evaziga ozod qilinadi. Himolay 1992-yildan beri katta ekranda ko‘rinmaydi, bundan avval u rafiqasi bilan “Aqlli juftlik” (2022) teleserialida ishtirok etgandi.

Oxir-oqibat rafiqasining hamkasbi Salmon Xon epizodik rolda bo‘lsa ham Himolayni yana ekranlarga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U rafiqasi va o‘g‘li bilan “Birovning ukasi, birovning hayoti” filmida suratga tushgan sahna esa kinoteatrlarda katta maqtovga sazovor bo‘ldi. Buni nostalgiya deyish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »