Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kecha, 27-fevral kuni Erling Holand Angliya Kubogidan o‘rin olgan “Luton” jamoasiga qarshi o‘yinda penta-trik qayd etdi. U raqib darvozasiga 58 daqiqa ichida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Holand urgan 5 golning 4 tasiga yarim himoyachi Kevin de Bruyne hammuallif qildi.

Foto: Getty Images

Holand va Kovachichning urgan gollariga “Luton” hujumchisi Jordan Klark dubl bilan javob berdi. Uchrashuv umumiy 6:2 hisobida yakunlandi.

Holand bir yil ichida ikki bora penta-trik qayd etmoqda. U 2023-yil, 14-mart kuni Chempionlar Ligasi uchrashuvida “Leipsig” darvozasini 5 bora ishg‘ol etgan edi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng o‘yin qahramoni o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz reja ishlab chiqdik va unga amal qildik. Hamma zo‘r o‘ynadi. De Bruyne ajoyib! U qo‘lidan kelgan ishni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq qiladi. U bilan o‘ynash menga zavq beradi. Biz bir-birimizdan nima xohlayotganimizni yaxshi bilamiz. Kevin aqlli o‘yinchi.

Men o‘zimning formamga qaytib olyapman. O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Bu — ajoyib tuyg‘u. Biz barchaga xavf tug‘dirishga tayyormiz”, — deydi hujumchi.


Ushbu uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Holand va Kevin de Bruynening o‘yini borasida to‘xtalib o‘tdi.

“Nima ham deyish mumkin. Bu juda yaxshi. Holand “yondirmoqda”. Uning Kevin de Bruyne bilan bog‘lami ideal ko‘rinish oldi. Ajoyib o‘yin bo‘ldi va biz chorak finaldamiz.

Kevinga Erlingdek, Erlingga esa Kevindek futbolchi zarur. Ammo boshqa o‘yinchilarsiz bunday o‘yin ko‘rsata olmas edik, ularni ham e’tirof etish zarur”, — deydi “Manchester Siti” murabbiyi.


“Shaharliklar” keyingi uchrashuvni 3-mart sanasida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »