Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan yili ommaga taqdim etilgan Apple’ning yangi virtual reallik qurilmasi Vision Pro’ning ilk xaridorlari uni sotuv bo‘limlariga qaytarib bera boshladi.

Foto: Mainstyles

Zamonaviy texnologiyalarning yangi bosqichi deb atalgan Vision Pro foydalanuvchilarga bir nechta noqulayliklar tug‘dirdi. Qurilmaning og‘irligi va vazni noto‘g‘ri taqsimlangani sababli foydalanuvchilar bo‘ynida og‘riqlar yuzaga kelgan. Bu kamchilik avval ham aytib o‘tilgan edi, ammo Apple kompaniyasi uni bartaraf etmagan ko‘rinadi.

Foto: Mainstyles

Qurilmadan foydalangandan ko‘p vaqt o‘tmay ko‘pchilik ko‘z og‘rishi, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi kabilardan shikoyat qila boshladi. The Verge mahsulotlari menejeri aytishicha, Apple Vision Pro’ning nafaqat vazni og‘ir, balki boshga taqadigan tasmasi ham noqulay.

Biroq qurilmaning qaytarib berilishiga asosiy sabab sifatida juda kam ilovalardan foydalanish mumkinligi va 3500 dollar narxga munosib emasligi deb ta’kidlanmoqda. Reddit foydalanuvchilaridan biri buni quyidagicha izohladi:

“Agar men ushbu qurilmadan ish unumdorligi yoki hech bo‘lmasa virtual o‘yinlar uchun foydalanmasam, bunday xariddan naf ko‘rmayapman”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »