Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 29-fevralda Falastin siyosiy kuchlari vakillari bilan uchrashuvda Isroilning G‘arbiy Sohildagi harbiy amaliyoti zo‘ravonligi jihatdan G‘azo sektoridagidan kam emasligini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Foto: “TASS”

“G‘arbiy Sohildagi harbiy amaliyot shiddati va ahamiyati jihatidan G‘azodagidan kam emas”, — deya bayonot bergan Lavrov. Rossiya vakilining ushbu so‘zlari mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotidan ham o‘rin olgan.

O‘z nutqida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH hukumatini mintaqa muammolarini hal etishda monopol maqomga intilayotganlikda ayblagan. Lavrovga ko‘ra, Yaqin Sharq masalasi to‘rt asosiy o‘yinchi: AQSH, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va BMT shafeligida ko‘rib chiqilishi kerak.

Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari ,shuningdek, Rossiya hukumati Yaqin Sharq masalasiga yechim topilishi yo‘lida Falastinga imkon berilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Falastinda faoliyat yurituvchi guruhlarning bir umumiy reja asosida birlashuviga erishish muhimligini taʼkidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »