Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

29-fevral kuni Isroil kuchlari G‘azoda oziq-ovqat karvonini kutayotgan tinch aholi vakillariga hujum qildi. Hujum natijasida kamida 104 nafar falastinlik halok bo‘lgan va 700 dan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Foto: Anadolu

Xabarga ko‘ra, Isroil hujumlari asosan G‘azodagi Nuseyrat, Bureyj va Xon Yunus lagerlariga qaratilgan. Ushbu lagerlar havodan o‘qqa tutilgan.

G‘azodagi norasmiy nashrlar hujum oqibatida G‘azoda bolalarning ommaviy o‘ldirilishi sodir bo‘lganini maʼlum qilgan. Shuningdek, hujumdan so‘ng yaralanganlar joylashtirilgan Kamol Advan va Al-Shifa kasalxonalarida suvsizlanish va to‘yib ovqatlanmaslikdan olti nafar bola halok bo‘lgan.

Hujumga guvoh bo‘lganlar bildirishicha, oziq-ovqat olish uchun to‘plangan olomon dastlab harbiy texnikadan o‘qqa tutilgan. So‘ngra to‘g‘ridan to‘g‘ri artilleriya va dron hujumlari, yalpi o‘qqa tutish sodir bo‘lgan.

Isroilning so‘nggi hujumida shikastlanganlarning ko‘pchiligi kasalxonalarda o‘rinlar yetishmasligi bois bir necha soat ko‘chada qolib ketgan. Jarohatlarning ko‘pchiligi birinchi yordam ko‘rsatilmagani va ko‘p qon yo‘qotishdan halok bo‘lgan.

HAMAS guruhi hujumni “misli ko‘rilmagan urush jinoyati” deb eʼlon qilgan va uni qoralagan. Isroil harbiy maʼmuriyati esa tinch aholiga nisbatan uyushtirilgan so‘nggi hujum haqida hech qanday maʼlumotga ega emasligini maʼlum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »