Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglar oqibatida G‘azo hududida halok bo‘lganlar soni 30 ming nafardan oshdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Anadolu

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotga ko‘ra, 29-fevral kuni Falastin anklavida halok bo‘lganlar soni rasman 30 ming kishidan oshgan. Vazirlik halok bo‘lganlar soni amalda bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Xabarda aytilishicha, Isroil mojaroni to‘xtatish uchun global miqyosda kuchayib borayotgan bosimga duch kelmoqda. Biroq uning G‘azodagi harbiy amaliyotlari AQSHning qo‘llab-quvvatlovi va taʼminoti tufayli hali davom etishi mumkin.

G‘azodagi tibbiyot muassasalaridan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, qurbonlarning taxminan 70 foizdan ko‘prog‘i ayollar va bolalardan iborat.

Isroil tomoni bayonotiga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri 10 ming nafarga yaqin HAMAS jangchisi halok bo‘lgan. Isroil armiyasi HAMAS jangarilari sonini 30 ming atrofida deb taxmin qilmoqda.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »