Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Siyosatchi bevasining so‘zlariga ko‘ra, Navalniy bilan vidolashuv marosimi uchun joy topilmayotganligida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Moskva meri Sergey Sobyanin aybdor. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: Getty Images
Bizda fuqarolik xotira marosimi va Aleksey bilan vidolashish uchun joy yo‘qligida ikki kishi aybdor. Kremldagilar uni o‘ldirdi, avval Alekseyning jasadini, keyin onasini masxara qilishdi, endi esa uning xotirasini mazax qilishmoqda. Biz odamlarga Aleksey bilan odatdagidek xayrlashish imkoniyati berilishini xohlaymiz”, — deb yozdi Navalnaya 28-fevral kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalroq siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish Navalniyning dafn marosimi 1-mart kuni soat 14.00 da Maryino shahridagi “Mening qayg‘ularimni o‘chir” ikonasi cherkovida, dafn marosimi esa Moskvadagi Borisov qabristonida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Shu kuni Navalnaya Strasburgda Yevroparlament deputatlari bilan suhbatlashdi. Siyosatchining bevasi dafn marosimi tinch o‘tadimi yoki rasmiylar vidolashuvga kelganlarni hibsga olishni boshlaydimi, ishonchi komil emasligini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »