Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

19-fevral kuni Rossiyaning Fransiyadagi elchisi, 20-fevral kuni Polshadagi rus elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Fransiya va Polsha hukumatlari Rossiya elchilaridan Navalniy o‘limi bo‘yicha tushuntirish so‘ragan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: CNN

Xabarda aytilishicha, Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Navalniyning o‘limi tafsilotlarini “mustaqil va har tomonlama tekshirish”ga chaqirgan. Shuningdek, Parijdagi idora “Rossiyadagi barcha siyosiy mahbuslarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishga” chaqirgan.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi esa Rossiya hukumatini Navalniyning o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga va “to‘liq va oshkora tergov” o‘tkazishga chaqirgan.

Navalniyning o‘limi munosabati bilan yana bir qancha davlatlar, jumladan, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Germaniya ham Rossiyaning o‘z mamlakatlaridagi elchisini chaqirtirgan. Rossiyaning BMTdagi elchisi Vasiliy Nebenzya G‘arb davlatlarini Navalniy o‘limini siyosiylashtirganlikda ayblagan va o‘lim sabablarini tekshirish “hali yakuniga yetmaganini” aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »