Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yuliya Navalnaya Yevropa Ittifoqi kengashiga murojaat yo‘llab, Rossiyadagi saylovlarni tan olmaslikka chaqirdi.

“Putin Rossiya emas. Rossiya Putin emas. Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab o‘n minglab odamlar hech kim majbur qilmasa ham, yodgorliklarga gullar olib kelishmoqda. Ularni militsiya urib, hibsga olyapti, ammo taslim bo‘lishmayapti. Mana bu Rossiya. Aleksey Navalniyning Rossiyasi ”, — dedi siyosatchining bevasi.

U yevropalik siyosatchilarga “Aleksey Navalniyning Rossiyasi nomidan takliflar”ni taqdim etdi.

Foto: Google Images
  • Birinchidan, Rossiyada mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarini tan olmaslik. “Asosiy siyosiy raqibini o‘ldirgan prezident qonuniy bo‘lishi mumkin emas”, deb hisoblaydi Navalnaya.
  • Ikkinchisi, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, chunki Putin “ehtimol dunyodagi eng boy odam” va uning do‘stlari milliarderlardir. “Ha, siz ulardan ba’zilariga sanksiya qo‘ydingiz, lekin milliarderlar unchalik qiynalmadi. Ular eng yaxshi advokatlarni yollashdi va o‘zlariga tegishli bo‘lgan hamma narsani oila a’zolari va do‘stlariga topshirishdi. Bu endi ularga tegishli emas, demak, uni olib qo‘yib bo‘lmaydi”, deb shikoyat qildi Navalnaya.

“Kelinglar, Putinning do‘stlarini haqiqatan ham azob chekishga va hammasi uchun tovon to‘lashga majbur qilaylik. Ular Ukrainaga qarshi boshlagan jinoyatlari, yetkazgan azob-uqubatlari, dahshatli bosqinchilik urushi uchun javob berishlari kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u.

  • Uchinchidan, “Putin va Rossiyani har doim alohida ko‘rish kerak”. “Urush va diktaturadan qochgan odamlar sizning dushmaningiz emas. Ular hamdardlik va himoyaga muhtoj. Ularni jazolamaslik kerak, ularga yordam berish kerak”, dedi Navalniyning bevasi.
  • To‘rtinchi nuqta, siyosatchining jasadi onasiga berilmayotganiga eʼtibor qaratish. “Jinoyatchilar izlarni yashirishmoqda. Yana bir bor suvdan quruq chiqishlariga yo‘l qo‘ymang”, — dedi Navalnaya.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Navalnayaning bir kun avval Vladimir Putinga aytgan so‘zlarini izohlar ekan, “asossiz, beadab ayblovlar” deb ta’rif bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »