Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyadagi axloq tuzatish koloniyasida vafot etgani xabar qilingan Aleksey Navalniyning turmush o‘rtog‘i Yuliya Navalnaya videomurojaat bilan chiqib, bundan buyon erining ishini davom ettirishini ma’lum qildi.

U murojaatida “Putin Alekseyni nima uchun o‘ldirganini” aniq bilishini aytdi.

“Biz nima uchun Putin Alekseyni uch kun oldin o‘ldirganini bilamiz. Bu haqda sizga, albatta, aytib beramiz. Shuningdek, bu jinoyatni kim va qanday sodir etganini  ham aniq bilib olamiz. Biz ismlarni aytib, yuzlarni ko‘rsatamiz.

Putin Alekseyni o‘ldirish orqali mening yarmimni, yuragim va qalbimning yarmini o‘ldirdi. Ammo menda hali ham ikkinchi yarmi bor va bu menga taslim bo‘lishga haqqim yo‘qligini bildirib turadi. Men Aleksey Navalniyning ishini davom ettiraman. Vatanimiz uchun kurashishda davom eting”, — dedi u.

“Men sizga Alekseyning so‘zlari bilan murojaat qilaman, men bunga ishonaman. Oz qilish uyat emas, hech narsa qilmaslik uyat. O‘zingizni qo‘rquvga solishga imkon berish uyat. Rossiya bu — erkin, tinch, baxtli davlat bo‘lishi, kelajagi go‘zal Rossiya bo‘lishi kerak. Erim buni juda orzu qilgan.

Men shunday Rossiyada yashashni xohlayman. Aleksey bilan mening bolalarim unda yashashlarini xohlayman. Men uni siz bilan qurmoqchiman. Aynan Aleksey Navalniy uni tasavvur qilganidek. Agar bunga kurashmasak, erimning qurbonligi behuda ketishi mumkin. Jang qiling va taslim bo‘lmang. Men qo‘rqmayman va siz hech narsadan qo‘rqmasligingiz kerak.”

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »