Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik siyosiy tanqidchi Aleksey Navalniyning onasi Lyudmila Navalnaya to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat yo‘llab, o‘g‘lini so‘nggi bora unga ko‘rsatishlarini so‘radi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

“Orqamdagi IK-3 ‘Qutb bo‘risi’ koloniyasi. Bu yerda 16-fevral kuni o‘g‘lim Aleksey Navalniy vafot etgan. Besh kundan beri uni ko‘ra olmayapman. Uning jasadini ham menga berishmoqchi emas. Ular hatto o‘g‘limning jasadi qayerda ekanligini ham aytishmayapti”, — degan Lyudmila Navalnaya o‘g‘li vafot etgan Sibirdagi koloniya tashqarisida turib.

“Men sizga murojaat qilyapman, Vladimir Putin. Muammoning yechimi faqat sizga bog‘liq. O‘g‘limni so‘nggi marta ko‘rishga ruxsat bering. Men Alekseyning jasadi zudlik bilan topshirilishini talab qilaman, shundagina biz uni izzat-ikrom bilan dafn etishimiz mumkin bo‘ladi”, — deya nutqini yakunlagan Navalnaya.

Maʼlumot o‘rnida, Rossiya rahbari Vladimir Putinning muxolifi Alexsey Navalniy 16-fevral kuni jazoni ijro etish koloniyasida vafot etgani maʼlum qilingan edi. Uning o‘limi sababi nomaʼlumligicha qolmoqda. Navalniy matbuot kotibi 19-fevral kuni marhumning jasadi kamida 14 kun davomida oilasiga topshirilmasligi mumkinligini aytgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »