Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden 22-fevral kuni Aleksey Navalniyning bevasi va qizi bilan samimiy hamdardlik bildirish uchun uchrashdi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Foto: Instagram / Potus

Kaliforniyadagi uchrashuvda AQSH prezidenti Navalniyning “erkin va demokratik Rossiya uchun korrupsiyaga qarshi kurashdagi favqulodda jasorati va merosi, bunda qonun ustuvorligi hamma uchun birdek amal qilishi”dan hayratda ekanini bildirdi.

“Bugun men Aleksey Navalniyning yaqinlari Yuliya va Dasha Navalnayalar bilan uchrashib, ularning fojiali yo‘qotishlari uchun hamdardlik bildirdim. Alekseyning jasorat merosi Yuliya va Dashada, shuningdek, Rossiya bo‘ylab demokratiya va va inson huquqlari uchun kurashayotgan son-sanoqsiz odamlarda saqlanib qoladi”, — dedi Oq uy rahbari. 

Foto: Jo Bayden / X

Bayden AQSH Navalniyning o‘limi, Rossiya repressiyasi va agressiyasi hamda Ukrainaga qarshi urushiga javoban 23-fevral kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishini tasdiqladi.

“Ushbu chora-tadbirlar to‘plami Rossiyaning mudofaa va sanoat bazasini o‘z ichiga olgan bir qator obyektlarga, shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti uchun daromad manbalariga qaratilgan bo‘ladi”, — dedi prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Aleksey Navalniy o‘limi

Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

“Ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan va Jazoni ijro etish Federal xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda Aleksey Navalniy tromb yorilishidan vafot etgani aytilmoqda. Ammo buni hozircha tasdiqlab bo‘lmaydi, chunki bu kasallikni aniqlash uchun avval murdani yorib ko‘rish kerak”, — degan Navalniyni davolagan shifokor Polupanov.

O‘z navbatida, Tergov qo‘mitasi tergovchilar marhumning jasadini tekshirmoqchi.

“Aleksey Navalniyning jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilamiz”, — deydi siyosatchining matbuot kotibi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »