Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik siyosatchi, marhum Aleksey Navalniyning tanasida tutqanoqdan va bilvosita yurak massajidan ko‘karish izlari aniqlangan. Bu haqda “Novaya gazeta Yevropa” manbasi xabar berdi.

Foto: AOP

Xabarga ko‘ra, marhumning jasadi hozirda Salexard tuman klinik shifoxonasi o‘likxonasida. 17-fevral holatiga ko‘ra, autopsiya (murdani yorib ko‘rish) o‘tkazilmagan, patologoanatomlarga buni o‘tkazish taqiqlangan.

Tez yordam xizmatidagi manbaning aytishicha, Navalniyning tanasida hayoti davomida olgan ko‘karishlar topilgan. Lekin kaltaklashdan emas, balki boshqa omillar natijasida.

“Tez yordam xizmatining katta tajribaga ega xodimi sifatida aytishim mumkinki, bunday jarohatlar, ularni ko‘rganlar tasvirlaganidek, tutqanoqdan paydo bo‘ladi. Odam talvasaga tushadi, uni ushlab turishga harakat qilishadi, ammo konvulsiyalar (qisqa muddatli, mushaklarning tez-tez spazm bo‘lishi) juda kuchli bo‘lishi mumkin, shu sababdan ko‘karishlar paydo bo‘ladi. Ko‘krak qafasida ham ko‘kargan joylar borligini aytishdi. Ammo bu bilvosita yurak massaji bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi”, — deydi tez yordam xodimi.

16 yoki 17-fevral kunlari ham autopsiya o‘tkazilmagan. Shuning uchun Rossiya rasmiylari o‘limning aniq sababini hali e’lon qilgani yo‘q va qarindoshlariga jasadni ko‘rishga ruxsat berilmagan.

Siyosatchining onasi Navalniy saqlangan koloniyaga kelganida unga jasad Salexard shahriga olib kelingani to‘g‘risida ma’lumotnoma berilgan, deydi Navalniy matbuot kotibi Kira Yarmish. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Salexard o‘likxonasida jasad borligini tasdiqlashmagan.

Shu bilan birga, Tergov qo‘mitasi siyosatchi tarafdorlariga jasad ularda borligi haqida ma’lum qilgan va o‘lim sababini aniqlash uchun yangi ekspertizalarni tayinlagan. Yarmishning fikricha, jasad “izlarini berkitish” uchun yashirilgan.

“Endilikda ular Alekseyni o‘ldirish uchun qanday usuldan foydalangan bo‘lsa, bu safar ham xuddi shunday qilishga harakat qilmoqda: ular izlarini berkitish uchun uning jasadini yashirishadi va shunchaki uni qarindoshlariga berishmaydi”, — deydi Navalniyning matbuot kotibi.

Rossiya rasmiylari televideniye orqali muxolifatchining jasadi qayerdaligiga izoh bermagan.

Aleksey Navalniy o‘limi

Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

“Ommaviy axborot vositalarida yozilayotgan va Jazoni ijro etish Federal xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda Aleksey Navalniy tromb yorilishidan vafot etgani aytilmoqda. Ammo buni hozircha tasdiqlab bo‘lmaydi, chunki bu kasallikni aniqlash uchun avval murdani yorib ko‘rish kerak”, — degan Navalniyni davolagan shifokor Polupanov.

O‘z navbatida, Tergov qo‘mitasi tergovchilar marhumning jasadini tekshirmoqchi.

“Aleksey Navalniyning jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilamiz”, — deydi siyosatchining matbuot kotibi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »