Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi Oq uy 23-fevral kuni Aleksey Navalniyning o‘limi va Ukrainadagi urushning ikki yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yirik sanksiyalar to‘plamini e’lon qilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters
“Rossiya qanday voqeani aytishga qaror qilsa ham, Navalniyning o‘limiga prezident Putin va uning hukumati mas’ul ekani aniq”, — dedi Kirbi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyadan siyosatchining o‘limi holati bo‘yicha to‘liq shaffoflikni talab qiladi.

Kirbiga ko‘ra, Rossiya Navalniy bilan bog‘liq voqea uchun va Ukrainadagi harakatlari uchun javobgar bo‘lishi kerak. Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, yangi sanksiyalar Navalniyning o‘limi bilan bog‘liq bir qancha aniq cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.

19-fevral kuni erining ishini davom ettirishini aytgan Yuliya Navalnaya Yevropa Ittifoqini Rossiyadagi prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslikka va siyosatchining jasadini qarindoshlariga topshirmayotgan Rossiya rasmiylariga javobgarlikdan qochishga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »