Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qo‘shin yuboradigan davlatlar nishonga olinishidan ogohlantirdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: veridica.com

Rossiya prezidenti shu tariqa Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotiga izoh berdi. Makron Yevropa va NATOning ayrim davlatlari Ukrainaga qo‘shin yuborishini istisno etmagandi. Putin bunga munosabatida G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi oldingi urushlarini esladi.

“Ular hududimizga zarba berish uchun nishonlarni o‘zi tanlaydi va NATO kontingentini Ukrainaga yuborish imkoniyati haqida gapira boshladi. Bir paytlar o‘z kontingentini mamlakatimiz hududiga jo‘natganlar taqdirini eslaymiz. Ammo endi bunday aralashuvchilar uchun oqibatlar yanada fojiali bo‘ladi. Ular tushunishlari kerakki, bizda ham ularning hududlaridagi nishonlarga zarba bera oladigan qurollarimiz bor”, — dedi u.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, bu haqiqatan ham yadro qurolidan foydalanish bilan bog‘liq konfliktga, jumladan, sivilizatsiyani yo‘q qilishga tahdid soladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »