Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29-fevral kuni Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targ‘ib qilishni kuchaytirishni buyurdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Sputnik
 

Putin hukumatga rus tili va Rossiya madaniyatini targ‘ib qilish sohasidagi dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. 

“Hukumatdan rus tili va ko‘pmillatli madaniyatimizni targ‘ib qilish sohasidagi xalqaro dasturlarni moliyalashtirishni ko‘paytirishni so‘rayman. Birinchi navbatda, albatta, MDHda va butun dunyoda”, — dedi u.

Shuningdek, u rusofobiya haqida ham gapirib, bu boshqa irqchilik, milliy ustunlik kabi kishini “ko‘r va aqldan mahrum qilishi”ni aytdi.

Rossiya ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, MDH mamlakatlari rahbarlari 2023-yilda tilga ko‘ra kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligini taʼkidlab, rus tilini targ‘ib qilishga vaʼda bergan. Qo‘shma bayonotda, shuningdek, internetning rus tilidagi segmentiga kirishni osonlashtirish qayd etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »