Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Ilich Lenin vafot etganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan “Uchrashuv joyi” tok-shousida rus shovinist tarixchisi Mixail Smolin “inqilobdan oldin ozarbayjon, o‘zbek va qozoqlar hech qachon bo‘lmagan”, degan daʼvo bilan chiqqandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov Smolinning chiqishiga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Qadimgi turkiy millatlar, jumladan, ularning eng mustahkam qo‘llaridan biri qarluqning boshi — o‘zbeklarning 3 ming yillik davlatchiligini oddiy inson bilmasligi mumkin, lekin tarixchiman degani bilmasa, bunday ilmsiz tarixchini eʼtiborsiz qoldirish kerak.

Albatta, 3 ming yilning yetarlicha to‘g‘ri va yanglishlari bo‘lgan.

Shu yanglishlarning eng kattasi, fikrimcha, qudratga to‘la davrida Temurni Moskoviyaning ustidan emas yonidan o‘tib ketgani bo‘lsa kerak. Ustidan o‘tib ketganida, qayerdan kelganimizni muhokama qilish darajasida aqlsizlik qilishmagan bo‘lar edi…

Davlatchilik tajribamizning muhim xulosasi — el bo‘lmasdan o‘zimiz bilan o‘zimiz tortishaversak, yana zo‘ravonga qul bo‘lamiz!”, — deb yozadi Qodirov.

Shuningdek, Alisher Qodirov 3 foizga ham bormaydigan rus vatandoshlar uchun taʼlim va televideniyeda rus tili nomutanosib darajada ko‘pligini ta’kidlagan.

“Bu nomutanosiblik tuzatilishi kerak. Birinchidan, O‘zbekistonda boshlang‘ich taʼlimni ona tilida o‘qilishi bo‘yicha norma qonunga kiritilishi mumkin. Ikkinchidan, qozoq, ozar, qirg‘iz, turkman, turk va tojik qardoshlar bilan teleko‘rsatuvlar almashishni yo‘lga qo‘yaylik. Fraksiyaning yaqin majlislarida bu masalalarni muhokama qilmoqchimiz”, — deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV yozuvchi Zaxar Prilepinning shu mazmundagi bayonotiga ham javob qaytargan va uning so‘zlari Moskvaning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »