Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik yozuvchi Zaxar Prilepin sobiq SSSR hududlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olishni va uning aholisiga rus tilini o‘rgatishni taklif qildi. U migrantlar muammosini shunday yo‘l bilan hal qilishga umid qilmoqda.

Yozuvchi Moskvada o‘zining “qo‘mondonlar kengashi” faoliyati haqida matbuot anjumani o‘tkazdi. U kelajak rejalari haqida gapirdi, Putinning beshinchi prezidentlikka nomzodini qo‘llab-quvvatladi va tarafdorlarining savollariga javob berdi. Ulardan biri demografiyadagi muammolar va migrantlar bilan mojarolarga bag‘ishlandi.

Foto: “Kommersant.ru”

Prilepinning ta’kidlashicha, bu muammolarni hal qilish uchun ko‘proq bola tug‘ish kerak: “Ruslar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘p sonli migrantlar bizning yurtda o‘zini noto‘g‘ri tutishi bilan bog‘liq muammolar kamroq bo‘ladi”. Yozuvchi, shuningdek, “migrantlarni Rossiyada emas, balki ular kelgan davlatlarda, masalan, O‘zbekistonda, o‘qitishni taklif qildi.

“Men hazillashayotganim yo‘q. Biz Sovet Ittifoqini qayta tiklash mavzusini ko‘taramiz. Bu bizga istalgan vaqtda: “Bizning ikki million fuqaromiz sizning hududingizda ekan, biz sizning hududingizga da’vo qilamiz. Chunki ko‘pchilik allaqachon shu yerda, hattoki bunga ovoz berishgan”, deb aytishga imkon beradi”, — deydi yozuvchi.

Oktyabr oyida O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboyev Rossiya davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda Rossiyadagi migrantlar bolalari uchun bog‘cha va maktablar ochishga yordam berishni so‘ragandi.

Rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu tashabbus noqonuniy deb aytgandi: “Menimcha, O‘zbekiston, albatta, bolalar bog‘chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o‘z hududida. Va Rossiyaga siqib chiqargan fuqarolarini qaytarib vataniga olib ketishi kerak”, — degan edi Delyagin.

Bunga javoban Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov Rossiyada o‘zbeklar va o‘zbek tiliga munosabat Delyagincha bo‘lsa, O‘zbekistonda rus tiliga munosabat mutanosib bo‘lishi kerakligini ta’kidlagandi. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov esa Rossiya o‘zbekistonliklarni tekinga boqmayotganini aytib, rossiyalik deputatni davlati uchun muhimroq vazifalar bilan shug‘ullanishga chaqirgandi

Noyabr oyida Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy postsovet hududidagi mamlakatlarda rus tilini o‘qitish masalasini ko‘tarib, respublikalarda ingliz tilini o‘rganishga ustunlik berilayotgani, rus tilini milliy tillar bilan siqib chiqarishga harakat qilinayotgani haqida gapirgandi.

 “Agar rus tili davlat tili bo‘lmasa, kechirasiz, bu mamlakatlar fuqarolari bizning jamoat joylarida — haydovchi, sotuvchi, kuryer bo‘lib ishlamasligi kerak. Bunday chora-tadbirlar asta-sekin vaziyatni to‘g‘rilaydi”, — degan edi u.

Bundan tashqari,  Rossiya muhojirlarga nisbatan passiv holatda qolmasligi uchun rus tili sobiq ittifoq respublikalarining barcha hududlarida millatlararo muloqot tiliga aylanishi kerakligini ham aytgandi.

“Biz o‘zbek tilini bilmaydigan xizmatchilarni ishdan haydashni taklif qilishimiz kerak(mi?) Biz boshqa yo‘ldan boramiz — ularga o‘zbek tilini o‘rgatamiz. Siz esa o‘zingiz ishlashni o‘rganing. Bu rus tiliga qachonlardir haqiqiy hurmat paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, — degan edi Alisher Qodirov bunga javoban.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »