Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NTV telekanalidagi ko‘rsatuvda rus tarixchisi Mixail Smolin 1917-yilgi inqilobgacha o‘zbeklar xalq sifatida mavjud bo‘lmagani haqida gapirgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Smolinning bayonotiga izoh berib, bu tarixchining shaxsiy fikri ekanini aytdi.

Mixail Smolin
Foto: Dzen
“Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini umumiy tarix va insonparvarlik aloqalari, savdo-iqtisodiy munosabatlar bog‘lab turadi. Bizning chinakam yaqin hamkorligimiz, strategik sherikligimiz va aksariyat hollarda ittifoqdoshligimiz bir-biriga hurmat va madaniyatlar muloqotiga asoslangan.
Ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo mintaqasining suveren va mustaqil davlatlari bunday munosabatlarning ahamiyatini to‘liq tushunadi.
Qayd etilgan g‘alati bayonotlar tabiatan sof subyektivdir, yuqorida aytib o‘tilgan voqeliklar bilan hech qanday umumiylik yo‘q va bu butunlay muallifning vijdoniga havola”, — dedi Zaxarova.

21-yanvar kuni Vladimir Ilich Lenin vafot etganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan “Uchrashuv joyi” tok-shousida rus shovinist tarixchisi Mixail Smolin “inqilobdan oldin ozarbayjon, o‘zbek va qozoqlar hech qachon bo‘lmagan”, degan daʼvo bilan chiqqandi.

“Qozog‘iston qanday paydo bo‘lganiga qarang! Darhaqiqat, dastlab RSFSR tarkibida Qozog‘iston SSR deb atalgan, ungacha qozoqlar umuman yo‘q edi. Millatlarning shakllanishiga oid qarorlar shu qadar ixtiyoriy qabul qilingan.

O‘zbeklar, masalan, inqilobgacha hech qachon bo‘lmagan, bunday nom yo‘q edi. Markaziy Osiyoning bir qancha xalqlaridan o‘zbeklarni olib, yaratdilar.

Ozarbayjonlar kimlar, bunday millat yo‘q”, — degan Smolin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV yozuvchi Zaxar Prilepinning shu mazmundagi bayonotiga ham javob qaytargan va uning so‘zlari Moskvaning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »