Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putin Rossiyaning koinotda yadro qurolini joylashtirish niyati yo‘qligini aytib, mamlakat faqat AQSHnikiga o‘xshash kosmik imkoniyatlarni ishlab chiqqanini ta’kidladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: AP

Putinning bayonoti Oq uyning o‘tgan haftada Rossiyaning “xavotirga soluvchi” qurolga ega bo‘lgani haqidagi eʼlonidan keyin berildi.

AQSH rasmiysi Jon Kirbi bu xalqaro koinot shartnomasini buzishini aytib, qurol yadroviy ekanligi haqida izoh berishdan bosh tortgan. 130 dan ortiq davlat, shu jumladan Rossiya tomonidan imzolangan shartnoma yadro quroli yoki boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini orbitaga joylashtirishni taqiqlaydi.

“Bizning pozitsiyamiz juda aniq va shaffof: biz doimo koinotda yadro qurolining joylashtirilishiga qarshi bo‘lganmiz va shunday bo‘lib qolamiz. Aksincha, biz barchani bu sohada mavjud barcha kelishuvlarga rioya qilishga chaqiramiz”, — dedi Putin. 

U bu ayblovlarni g‘arbdagi shov-shuvning bir qismi ekanligini qo‘shimcha qilib,  kelajakda AQSH bilan ehtimoliy aloqalarni istisno qilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »