Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Xitoy va Hindiston tashqi ishlar vazirlari bilan Rossiyaning koinotda yadro qurolini joylashtirish ehtimolini muhokama qildi, shuningdek, ularni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Foto: Reuters

Unga ko‘ra, AQSH davlat kotibi aynan Xitoy va Hindiston yetakchilari Si Szinpin va Narendra Modi Vladimir Putinni “falokatga aylanishi mumkin bo‘lgan qadamdan qaytarishi kerak”, deb ta’kidlagan. Xususan, Blinken koinotdagi har qanday yadroviy portlash nafaqat Amerika sun’iy yo‘ldoshlarini, balki Xitoy va Hindiston sun’iy yo‘ldoshlarini ham yo‘q qilishini eslatib o‘tgan. “Qolaversa, bunday qurollardan foydalanish global aloqa tizimlarini ishdan chiqarishi, bu esa favqulodda xizmatlardan tortib mobil aloqaning uzilishigacha olib kelishi mumkin”, deydi AQSH rasmiylari va tahlilchilar. 

NYTning ma’lumot berishicha, Amerika razvedkasi yangi qurollar ishlab chiqilishi haqida Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2022-yil boshida amalga oshirilgan bir nechta maxfiy sun’iy yo‘ldosh uchirilishidan keyin xabar topgan. Yuqori martabali razvedka xodimlaridan birining aytishicha, global kommunikatsiyalarga tahdid tug‘ilgan taqdirda, Putin uning raqiblaridan hech biri, shu jumladan Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshilikka kirishmasligiga ishonchi komil. Shu sababli Rossiya o‘z kosmik yadroviy qurollarni ishlab chiqmoqda.

Shu bilan birga, Amerika rasmiylari Rossiya, kosmosga hattoki bunday qurollar joylashtirilgan taqdirda ham, ulardan foydalanishi dargumon, deya fikr bildirgan. Biroq ular boshqa davlatlar, masalan, KXDR Rossiyadan o‘rnak olishi mumkinligidan xavotirda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »