Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHdan yangi yordam bo‘lmasa, Ukraina ikki yil davomida Rossiya agressiyasiga qarshilik ko‘rsatib erishgan hamma narsa xavf ostida qoladi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 29-yanvar kuni Vashingtonga kelgan NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tdi.

Foto: EPA
“(Ukrainaga) qo‘shimcha yordam ko‘rsatishdan bosh tortib, biz barcha raqiblarimizga erkinlik, demokratiyani himoya qilishga jiddiy yondashmasligimiz haqida kuchli va noto‘g‘ri signal yuboryapmiz”, — deya Blinkenning so‘zlarini keltiradi AFP. “Bu qandaydir tarzda Vladimir Putinda Ukrainadan ko‘ra, bizdan ko‘ra uzoqroq turib bera olish haqidagi fikrni kuchaytiradi.”

NATO bosh kotibi: “Ukrainaning muvaffaqiyati allaqachon kutilganidan oshdi”

Stoltenberg AQSH davlat kotibi bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Ukraina Rossiya dastlab bosib olgan hududlarining yarmini qaytarib olib, uning muvaffaqiyati kutilganidan oshganini taʼkidladi.

“Ularga yordam berishni foydasiz deb hisoblaganlarga ukrainaliklar buning aksini isbotlagan”, — dedi NATO bosh kotibi.

U Kongressning har ikki palatasida respublikachilar va demokratlar yetakchilari bilan uchrashuvda ularni Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam AQSH va Yevropa xavfsizligini mustahkamlashiga ishontirishga urinib kelayotganini qo‘shimcha qildi.

“Agar Putin g‘alaba qozonsa, bu ukrainaliklar uchun fojia bo‘ladi, shuningdek, bu dunyoni yanada xavfliroq, bizni yanada himoyasizroq qiladi”, — dedi Stoltenberg. “Bu boshqa avtoritar rahbarlarni, jumladan, Shimoliy Koreya, Eron va Xitoyni kuch ishlatishga undaydi. Bugun Ukrainada sodir bo‘layotgan voqea ertaga Tayvanda sodir bo‘lishi mumkin”.

OAV: Tramp Ukrainaga yordamni blokdan chiqarishga qarshi

Sentyabr oyining oxiridan beri AQSH Kongressining ikkala palatasida Respublikachilar partiyasi vakillari Ukrainaga demokrat Jo Bayden so‘ragan 61 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha harbiy yordam ajratishni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib kelmoqda. Oktyabr oyida Oq uy Isroilga HAMASga qarshi kurashda yordam paketini taqdim etdi. Biroq respublikachilar bu g‘oyaga ham qarshi chiqmoqda va boshqa narsalar qatorida oxirgi paytlarda noqonuniy muhojirlar oqimi kuchaygan “AQSHning janubiy chegarasida xavfsizlikni kuchaytirish” uchun ko‘proq mablag‘ ajratish zarurligini ta’kidlamoqda.

Oxirgi bir oy davomida ikki partiya vakillari bu masalalarda deyarli murosaga kela oldi. Biroq 25-yanvar kuni OAV AQSH prezidentligiga bo‘lajak saylovlarda respublikachilardan nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan Donald Trampning pozitsiyasi tufayli kelishuv tahdid ostida qolgani haqida xabar tarqatdi. Associated Press xabariga ko‘ra, Tramp chegara xavfsizligi nuqtayi nazaridan murosaga kelishni “ma’nosiz” deb atagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »