Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Ukraina hukumati va harbiylari Kiyevga ittifoqchilar tomonidan yetkazib berilgan G‘arb qurollarini qayerda va qanday sharoitda qo‘llashni mustaqil hal qilish huquqiga ega.

Shuningdek, u Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni o‘z nazorati ostiga qaytarishning eng yaxshi yo‘lini Ukrainaning o‘zi tanlashi kerak, deb hisoblashini aytib o‘tdi.

“Ta’kidlash joizki, G‘arb harbiy texnikasidan qanday foydalanish, ularni qayerda qo‘llash haqidagi qarorlar faqat ukrainaliklar tomonidan qabul qilinadi. Ular o‘z vatanlarini qanday himoya qilishni, o‘z yerlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qaytarib olishni hal qilishlari kerak. Biz buni faqat ularning ixtiyoriga qoldiramiz, bu holatda vaziyatga ta’sir qilishimiz faqat maslahat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin”, — dedi Entoni Blinken.
Foto: RIA Novosti

Shu bilan birga, Blinken Qo‘shma Shtatlar Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududiga berayotgan zarbalarini “rag‘batlantirmoqchi emas” va bunday hujumlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ta'kidladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujumlarni amalga oshirish bo‘yicha yakuniy qaror har qanday holatda ham Kiyevda qoladi, u bu hujumlar qanchalik zarurligini hal qilishi kerak.

Joriy yilning aprel oyida Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina qurolli kuchlari agar ular tufayli tinch aholi jabr ko‘rmasa, Rossiya hududida harbiy amaliyotlar o‘tkazishi mumkinligini aytgan edi. Uning qayd etishicha, nazariy jihatdan Ukraina harbiylari bunday operatsiyalarni amalga oshirish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishi mumkin.

Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, Berlin va “Kiyevning boshqa G‘arb ittifoqchilarining aksariyati” bunda jiddiy tahdid yoki muammo ko‘rmayapti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »