Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadan tashqarida ham tajovuzkor rejalari borligidan ogohlantirdi.

Blinkenning qayd etishicha, agar unga g‘alaba qozonishga imkon berilsa, Kreml rahbari Ukraina chegaralarida to‘xtamaydi.

“Agar Putinning javobgarlikdan qutulib qolishiga yo‘l qo‘ysak, ehtiyotkorligimizni yo‘qotsak, bu Pandora qutisi ochilib ketishiga olib keladi. Dunyoning boshqa burchaklaridagi boshqa potensial tajovuzkorlar ham Putindan o‘rnak olishadi”, — dedi Blinken .

AQSH davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariy jiddiy xavf tug‘diradi, chunki bu Qo‘shma Shtatlarni Rossiya Federatsiyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga tortishi mumkin.

Photo: Google Images

“O‘ylaymanki, Putin Ukrainaga to‘liq kuch bilan hujum qiladi, keyin esa NATO davlatlariga bostirib boradi. Agar u Shimoliy alyansga a’zo davlatga hujum qilsa, biz NATO shartnomasining 5-moddasiga muvofiq o‘sha davlatga yordam berishga majbur bo‘lamiz,” — dedi Blinken. 

Blinkenning aytishicha, AQSH bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilmoqchi. Shu sababli prezident Jo Bayden so‘ragan 106 milliard dollarlik paketni Kongress ma’qullashi juda muhim, dedi AQSH davlat kotibi.

“Bu abadiy urush emas, biz uchun ham bu abadiy xarajat emas. Biz Ukrainaga boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish orqali o‘zini himoya qilishda yordam berar ekanmiz, mamlakat harbiy, iqtisodiy jihatdan oyoqqa turishini ta’minlashga harakat qilmoqdamiz,” — dedi Blinken.

Shu bilan birga, Blinken agar Kongress Ukrainaga yordam puli ajratilishini ma’qullamasa, bu haqiqiy muammo bo‘lishini ta’kidladi. “Ukrainaga yordam berish AQSH va ittifoqchilarning umumiy ishidir, bu ish davom etishi kerak”, — dedi davlat kotibi.

“Hozirda Rossiya Ukrainada strategik mag‘lubiyatga uchramoqda. Biz buning davom etishidan juda manfaatdormiz”, — deya qo‘shimcha qildi Blinken.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »