Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryoda Ai-80 markali benzin yonilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Qarshi shahar, Koson, Kasbi, Chiroqchi va Ko‘kdala tumani bo‘limlari tomonidan FVB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida olti nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda Ai-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 624 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, departamentning Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Parkent, Chinoz va Yangiyo‘l tumani bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yetti nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 721 litr benzin ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Yanvar oxirlarida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »