Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hayraton portidan 62 tonnadan ortiq sifatsiz neft O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.

Foto: afghanislamicpress.com

Afg‘oniston milliy standartlar boshqarmasi O‘zbekistondan import qilingan 62 tonnadan ortiq sifatsiz neft qaytarilganini ma’lum qildi. Boshqarma so‘nggi kunlarda ushbu portga ma’lum miqdorda neft kelganini, biroq tekshiruvdan so‘ng u sifatsizligi aniqlanib, qaytarilganini ta’kidladi.

Ommaviy axborot vositlarining yozishicha, avvalroq ham 100 tonnadan ortiq sifatsiz neft O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Darhaqiqat, bu past sifatli neftning O‘zbekistonga qaytarib yuborilishiga oid birinchi holat emas. Jumladan, 2023-yil avgust oyida Afg‘oniston hukumati neft sifati pastligi sababli 67 ta sisterna neftni O‘zbekistonga qaytarib yuborgandi. 

Bunga javoban “O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov mazkur xabar noto‘g‘ri talqin qilinganini, “Tolibon” sifatsiz deb qaytargan mahsulot aslida yuqori sifatli ekanini aytgan.

“Afg‘oniston O‘zbekiston neftini sifatsiz bo‘lgani uchun qaytaribdi, degan xabar tarqaldi. Bu noto‘g‘ri maʼlumot, chunki biz Afg‘onistonga neft yubormaganmiz. Ayrimlar Afg‘onistonni benzinini qaytarib olib kelib, zapravkalarda sifatsiz benzin sotayotganimizni aytmoqda. Bu ham noto‘g‘ri maʼlumot.

Biz Afg‘onistondan qaytib kelgan mahsulotni hech qayerga olib borganimiz yo‘q, u konteynerida turibdi. Uni boshqa joyga olib borib yoki sotadi. Bu dizel GTL zavodida chiqqan, yangi mahsulot. Uning standarti Afg‘onistonda yo‘q. Shuning uchun ular buni tushunmadi”,— degan “O‘zbekneftgaz” rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »