Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kecha, 28-fevral kuni O‘FA hamda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun mavsumoldi seminari o‘tkazildi. Ushbu seminarda o‘tgan mavsum yakunlari, o‘yin qoidalaridagi yangiliklar, hakamlik hamda yangi mavsum rejalari mavzulari ilgari surildi.

Foto: “PFL”

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi direktori Laziz Qo‘chqorov hakamlik mavzusida o‘tgan seminardan keyin Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda 2024-yilda hakamlar har bir o‘yin uchun qancha gonorar olishini ma’lum qildi.

“Men hakamlar markaziga rahbar etib tayinlanganimda, bosh hakamlar O‘FA tomonidan 6 million so‘m, yordamchilari esa 2 million so‘mdan gonorar olardi. Hozirda bosh hakamlarga bir o‘yin uchun to‘lov miqdorini 6 million so‘m holatida qoldirganmiz, yordamchi hakamlarniki 2022-yildan beri bir millionga oshirilib, 3 million so‘m etib belgilangan”, — deydi Laziz Qo‘chqorov.

Bundan tashqari o‘yinda hakamning qarorini hurmat qilmagan, u bilan tortishgan, o‘yin vaqtini cho‘zishga va simulyatsiya ishlatib yiqilishga harakat qiladigan futbolchilar sariq kartochka bilan jazolanish bilan bir qatorda moliyaviy jarima ham to‘lashi kerak bo‘ladi.

“O‘yinlarning halol o‘tishi, o‘yinning sof vaqtini ko‘paytirish maqsadida shu qarorga kelindi. Futbol assotsiatsiyasi va klublarga bu haqda yetkazildi”,—deydi hakamlar markazi direktori Laziz Qo‘chqorov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »