Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shahzoda Garri “Al-Qoida” tahdidi sababli shaxsiy xavfsizligini kuchaytirishni talab qilib, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligini sudga berdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: WPA Pool

Shahzoda Britaniyada unga boshqacha darajadagi himoya berilishi kerak, deb hisoblaydi. U o‘zining “Zaxira” nomli xotiralar kitobini nashr etgach, “Tolibon” rasmiy bayonot bilan chiqib, shahzodani “qo‘rqoq” deb atagan. 

Garri o‘z xotiralarida Afg‘onistonda 25 nafar “Tolibon” jangchilarini o‘ldirganini aytgan. Shundan so‘ng “Al-Qoida” shahzoda Garrini o‘ldirish bilan tahdid qilgani ta’kidlanmoqda. Shahzoda 2012 va 2014-yillarda Britaniyaning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi doirasida xizmat qilgan va harbiy faoliyatining aksariyat qismini Afg‘oniston janubida amalga oshirgan.

Garri Britaniyada unga hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan himoyaning “bir xil darajada” berilmasligidan keyin Qirollik oilasini himoya qilish bo‘yicha Ijroiya qo‘mitasining qarori ustidan sudga murojaat qilgan.

Ammo dekabr oyida Londonda bo‘lib o‘tgan sud majlisida hukumat 39 yoshli Garrining da’vosini rad etgan. Bunga javoban Garrining matbuot kotibi apellyatsiya berishini aytgan.

Shahzoda maqomining o‘zgarishi u “qirollik oilasining to‘liq kunlik ishlaydigan a’zosi” bo‘lishni to‘xtatganidan keyin sodir bo‘ldi.

Britaniya qurolli kuchlari sobiq vaziri Oliy sud qarori to‘g‘ri ekani va Britaniya soliq to‘lovchilariga shahzoda uchun “to‘lov yuki” tushmasligi kerakligini ta’kidlagan. Garri sudga farzandlari, shahzoda Archi va malika Lilibet xavfsizligi ta’minlanmasa, Buyuk Britaniyada o‘zini “uydagidek” his qila olmasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »