Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini “qo‘lda” qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati. 

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan. 

26 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Ulardan jami 5 626 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yanvar oxirlarida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripovga 2025-yildan Ai-80 markali benzindan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »