Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arb davlatlari o‘z harbiylarini Ukrainaga yubormaslikka kelishib oldi. Kanada mudofaa vaziri Bill Bler 26-fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda NATO ittifoqchilari ushbu yakuniy xulosaga kelganini maʼlum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Foto: The New York Times

Xabarga ko‘ra, Parij yig‘ilishida Kiyevning ittifoqchilari Ukraina harbiy xizmatchilarini mamlakatning o‘z hududida G‘arb askarlari tomonidan o‘qitish imkoniyatini muhokama qilgan. Ushbu tashabbus Ukraina uchun moddiy va vaqt jihatdan yo‘qotishlarni kamaytirishi aytilgan.

Kanada vakili bergan xabar shuni tasdiqlaydiki, G‘arb davlatlari ,xususan, Kanada ham o‘z harbiylarini sharqiy Ukrainada davom etayotgan “urush teatri”ga yaqinlashtirishni xohlamaydi. Ittifoqchilar askari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukrainaga kirsa, Rossiya va NATO o‘rtasida ehtiyotkorlik to‘sig‘i yo‘qolishi mumkin.

Maʼlumot o‘rnida, 26-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 20 ga yaqin G‘arb davlatlari vakillari Rossiya bilan ziddiyatda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish uchun Ukrainaga qo‘shinlar yuborish imkoniyatini muhokama qilganini bildirgan edi. Makronga ko‘ra, ishtirokchilar bu masala bo‘yicha konsensusga erisha olishmagan. Ammo kelajakda bunday ssenariyni ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Konferensiyadan so‘ng ishtirokchi davlatlarning aksariyat vakillari Ukrainaga qo‘shin jo‘natishni rejalashtirmaganliklarini maʼlum qilgan. Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarga aralashish niyatida emasligi maʼlum qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »