Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-mart kuni Iordaniya harbiylari G‘azo shahrining ayrim qismlariga ketma-ket uch marta havodan yordam tashladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: AFP/Getty Images

Xabarda aytilishicha, Iordaniyaning uchta C-130 harbiy samolyoti tashqi dunyodan ajralib qolgan G‘azo shahrining tinch aholisiga oziq-ovqat yetkazib bergan. Ommaviy tartibsizlik ro‘y bermasligi uchun yuklar turli nuqtalarga tushirilgan.

O‘tgan haftada Iordaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Fransiya va Rafah nazorat postini nazorat qiluvchi Misr ham G‘azoga yordam yuborgan edi. Ayni damda AQSH ham G‘azoga yordam jo‘natish bo‘yicha xulosaga kelayotgani xabar qilingan.

25-fevral kuni Isroildan G‘azoga yuk olib kirishda foydalaniladigan hozircha yagona Kerem Shalom o‘tkazish punkti isroilliklar tomonidan to‘sib qo‘yilgani sababli, gumanitar yordam berishni maqsad qilgan mamlakatlar harbiy samolyotlardan foydalanmoqda. Hududga ayni paytda quruqlikdan kirish imkoni yo‘q.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »