Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-mart kuni Yuliya Navalnaya eri, marhum Aleksey Navalniyning dafn marosimi o‘tayotgani munosabati bilan murojaat yo‘lladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

“Lyosha (Aleksey Navalniyning laqabi), 26 yillik baxt uchun rahmat. Sevgi uchun, meni doim qo‘llab-quvvatlaganing uchun, hatto qamoqxonadan turib meni tabassum qildirishga harakat qilganing uchun, doim men haqimda qayg‘urganing uchun tashakkur”, — degan Yuliya Navalnaya erining dafn marosimi munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida.

Xabarga ko‘ra, dafn marosimida Yuliya Navalnaya ishtirok eta olmagan. Tadbirda muxolif Navalniyning ota-onasi qatnashgan.

“Men sensiz qanday yashashni bilmayman. Biroq meni deb hamisha xursand bo‘lishingni va mendan faxrlanishingni istayman va bunga harakat qilaman. Buni uddalay olamanmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Lekin harakat qilaveraman.

Biz bir kun, albatta, uchrashamiz. Mening senga aytadigan ko‘p hikoyalarim bor. Telefonimda sen uchun atalgan juda ko‘p qo‘shiqlar bor: ahmoqona va kulgili qo‘shiqlar. Bu qo‘shiqlar biz haqimizda. Men ularni tinglashingni xohlagandim. Ularni tinglab, kulishingni va so‘ngra meni yana quchishingni istardim. Seni mangu sevaman. Joying jannatda bo‘lsin”, — deya murojaatini yakunlagan sobiq rossiyalik siyosiy muxolifning rafiqasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »