Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-mart kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Antaliya diplomatik forumi doirasida Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova bergan maʼlumotga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: RFE/RL

Xabarda aytilishicha, yopiq uchrashuvning mavzusi yana Ukraina masalasi bo‘lishi mumkin. Na Turkiya va na Rossiya rasmiylari ochiq maʼlumot bergani sababli uchrashuv mazmuni nomaʼlumligicha qolmoqda.

Sergey Lavrov va Xoqon Fidan o‘rtasidagi oldingi uchrashuv Rio-de-Janeyroda o‘tgan G20 tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi paytida bo‘lgan edi. Avvalgi uchrashuvda ham suhbat mavzusi ochiqlanmagan.

Maʼlumot o‘rnida, Antaliya diplomatik forumi global tinchlik, xavfsizlikka tahdidlar va ularga yechim topish borasida fikrlar almashinuvi tashkil etadigan forumdir. Forum 2021-yildan beri tashkil etib kelinadi. Hozirda unda qatnashuvchi davlatlar soni 147 nafarga yetgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »