Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘arb qanday pozitsiyada bo‘lishidan qatʼi nazar, serblar har doim Rossiya tomonida bo‘ladi. Serb Respublikasi prezidenti Milorad Dodik “TASS” nashriga bergan intervyusida bu haqda maʼlum qildi.

Foto: “TASS”

“Nima bo‘lishidan qatʼi nazar, serblar ruslar tomonida bo‘ladi. Bu gaplarim G‘arbni sarosimaga solishi mumkin. Ehtimol, ular bu uchun serblarni jazolamoqchi bo‘lishar. To‘g‘ri, Rossiya xato qilishi mumkindir, lekin bu xato qanday bo‘lishiga qaramay, serblar ruslar tomonida qoladi”, — degan Serb respublikasi prezidenti.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, serb va rus xalqlarini pravoslav nasroniylik eʼtiqodi, bir xil siyosiy tamoyillarga sodiqlik, o‘z ona yurtiga muhabbat, vatanparvarlik va ozodlikka intilish tamoyillari birlashtiradi. Uning fikricha, har ikki xalq tarixan qarama-qarshilik sharoitida yashab, shunday bo‘lsa-da, tili, milliy xarakteri, yozuv tizimi kabi o‘zlikni anglatuvchi asosiy atributlarini saqlab qolgan.

Maʼlumot o‘rnida, Serb respublikasi Bosniya va Gersegovinya tarkibidagi serb aholisi yashaydigan ikki maʼmuriy-hududiy tuzilmalardan biridir. Respublika Bolqondagi asosiy serblar davlati bo‘lgan Serbiya bilan chegaradosh va amalda Bosniya hukumati tarkibida suveren maqomga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »