Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 2023-yilda 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan. Bu haqda 1-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining 2023-yildagi faoliyati sarhisobi  bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: AOKA
Aytilishicha, sudyalarning 22 nafari o‘z arizasiga ko‘ra, 2 nafari vafot etgani munosabati bilan, 17 nafari sudyalik qasamyodini, 8 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod qilingan. Bundan tashqari, vakolat muddati yakuniga yetgan 10 nafar sudya ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga noloyiq deb topilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sudlarga turli vazifalar yuklash haqidagi 9 ta qarori bekor qilingan. Bunda 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 1 ta holat bo‘yicha sudyaga nisbatan chiqarilgan ma’muriy javobgarlikka oid qaror bekor qilingan. Yana 1 ta holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda tizimda 1 ming 409  nafar sudya faoliyat olib bormoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »