Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev pora bilan qo‘lga tushgan sudyalar va prokurorlar tomonidan ko‘rilgan ishlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Odiljon Tojiyev Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olgan paytda ushlangani, Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgani haqidagi xabarlardan so‘ng bu borada o‘z munosabatini bildirdi.

Afsuski, bunday ishlar odatiy holdek o‘tib ketmoqda. Biroq qonunni amalda qo‘llash orqali qonuniylikni ta’minlash asosiy burchi bo‘lgan bu kabi shaxslarning o‘zlari qonunni buzayotgani odamlarda qonunlarga, pirovardida esa davlatga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi, — dedi u.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, bunday shaxslarning jinoyatiga baho berishda ularning o‘tgan faoliyati davomida fuqarolarga nisbatan tasdiqlagan ayblov xulosalari va qabul qilgan qarorlariga ham baho berilishi kerak.

Chunki bu kabi noloyiq shaxslarning harakatlari oqibatida qanchadan-qancha fuqarolar nohaq ayblanib, nohaq sudlanib ketgan bo‘lishi mumkin, — deydi Odiljon Tojiyev.

Uning fikricha, qonunchilikni mana shu yo‘nalishda takomillashtirish zarur. Bunday jinoyatchi shaxslar ko‘rib chiqqan barcha materiallar ko‘tarilib, qayta ko‘rib chiqilishi shart. Shunda adolat tiklanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »