Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida advokat sudyaga 10 ming dollar pora berayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, holat Sudyalar oliy kengashi tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sudyalar daxlsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida aniqlangan bo‘lib, advokat Z.Ya. jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib berish evaziga sudyaga 10 ming dollar miqdorida pora taklif qilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 29-fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda advokat sudyaga pora berayotganda qo‘lga olingan.

Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »