Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida bir necha nafar sudyalar lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, shuningdek, ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Anvar Isokov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Ulug‘bek Jo‘rayev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Ilhom Ergashev — sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Akmal Akramov — sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Abdulla Narmuhamedov — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yuqori Chirchiq tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Shuningdek:
  • Dilnoza Xonbo‘tayeva — sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Nodirbek Sharopov — sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari:

  • Mansur Niymatov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Husan Hamidov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining sudyasi lavozimiga;
  • Xurshid Sodiqov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining sudyasi lavozimiga;
  • Alisher Bahromov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Zarifjon Utamurodov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudining sudyasi lavozimiga;
  • Salim Botirov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining sudyasi lavozimiga;
  • Sardor Rahmudinov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »