Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 2-mart, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, harorat bundan bir kun avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan pasayadi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 1 daraja sovuq — 1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, Xorazm viloyatida 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »