Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yilning mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sinoptiklarning bildirishicha, mart oyida O‘zbekistonda havo harorati odatda tez ko‘tarila boshlaydi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun mart oyida qayd etilgan eng yuqori harorat qiymatlari hududning katta qismida 30-33 daraja iliqni, janubiy hududlarda esa 34-37 daraja iliqni tashkil etadi.

Biroq mart juda murakkab oy hisoblanadi. Ushbu oy havo oqimlari yo‘nalishi tez-tez o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Janubdan juda iliq havoning jadallik bilan kirib kelishi Volgabo‘yi, Ural va G‘arbiy Sibir hududlaridan sovuq havo oqimi kirib kelishi bilan almashadi. Iliq ob-havo davrlari sovuq davrlar bilan almashadi, bunda harorat ko‘pincha 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.

O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun mart oyida mutlaq minimal harorat hududning katta qismida 15-20 daraja sovuqni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qizilqum shimolida 23-25 darajagacha sovuqni tashkil etadi.

Foto: “O‘zgidromet”

O‘zbekistonda mart oyi — yog‘ingarchilik miqdori va yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni bo‘yicha yilda yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘ladigan oy deb hisoblanadi. Mart oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ammo haroratning keskin pasayishi davrida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

2024-yilgi mart oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-2 darajaga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lib, 4-9 daraja iliqni, janubda 10-11 daraja iliqni tashkil etadi. Oy davomida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 17-22 daraja iliqqacha, janubda 20-25 daraja iliqqacha keskin o‘zgarib turishi prognoz qilinmoqda.

Respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »