Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda xizmatlarda o‘sish bo‘lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shu bois, Urganch va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi.

Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Urganch—Xiva trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

Avvalroq Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, 10 million dollardan ko‘p eksport qilgan to‘qimachilik korxonalariga aylanma uchun 5 million dollargacha kredit beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »