Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Xorazmni asosiy drayveridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinishini aytdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmning o‘zida qoldiriladi. Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.

Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi. Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.

Shuningdek, Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini tashkil qilish taklif qilindi. Yana bir imkoniyat – xorijiy sayyohlar Xorazm taomlarini sevib isteʼmol qiladi. Lekin bu taomlarni na mamlakat ichida, na chetda ko‘rsatish uchun harakat, targ‘ibot qilinmayapti.

Shu munosabat bilan Xiva shahrida 24 soat ishlaydigan restoran, kafe va ovqat rastalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »