Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qo‘shma Shtatlar G‘azoga yetib kelayotgan insonparvarlik yordamini yetarli emas deb hisoblaydi hamda yaqin kunlarda uni havo orqali yetkazish niyatida. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Reuters
Yaqin kunlarda Qo‘shma Shtatlar G‘azoga havodan yordam jo‘natadi, dengiz yo‘lagini ochish bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki baravar oshiradi va quruqlik orqali yetkazib berishni kengaytiradi. G‘azoga kelayotgan yordam yetarli emas, — deb yozgan Oq uy rahbari. 

Qo‘shma Shtatlar yordam choralarini yanada ko‘paytirishini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Bryussel YIning Falastin xalqiga yordamini oshirishini ma’lum qilgan edi. Yordamning katta qismi BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha agentligi (UNRWA) orqali keladi. UNRWA’ga ko‘ra, 7-oktyabr kuni Isroilga qilingan hujumda agentlik xodimlarining aloqadorligi sababli yanvar oyidan beri gumanitar yuklar yarmiga qisqargan. Germaniya va Italiya G‘azoga yordamni to‘xtatgan, Ispaniya va Belgiya esa yordam berishda davom etgan.

Bugun Yevropa komissiyasi UNRWA’ga 50 million yevro hamda butun mintaqadagi Falastin aholisini Qizil xoch va Qizil yarim oy kabi xalqaro hamkorlar orqali qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 68 million yevro berishga qaror qildi, —  deydi Yevrokomissiya matbuot kotibi Erik Mamer.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »