Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 26-fevral kuni prezident Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin maʼmuriyati isteʼfoga chiqishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Biroz vaqt o‘tib esa Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye isteʼfoga chiqishga ariza berdi.

G‘azo sektori
Foto: Reuters 

Ushbu o‘zgarishlar G‘azodagi urushni to‘xtatish, Isroil harbiylarining u yerdan chiqib ketishi uchun xalqaro kafolat berish, G‘arbiy Sohilga bostirib kirishni to‘xtatish va Falastindan moliyaviy blokadani olib tashlashga olib kelishi kutilmoqda.

“Daryo” Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha mutaxassis Farhod Karimovning Falastin hukumatidagi o‘zgarishlar va Yaqin Sharqdagi yuz berayotgan voqealar rivoji haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Siyosatshunosning taʼkidlashicha, Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlar urushni to‘xtatish va Falastin davlatini tashkil etish borasida Isroil va AQSH bilan kelishuvga erishgan.

Oxirgi vaqtlarda Yaqin Sharq mintaqasidagi davlatlar, xususan, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr Isroil hamda AQSH bilan G‘azo sektoridagi urush harakatlarini to‘xtatish va Falastin davlatini tashkil etish borasida kelishishga harakat qildi. Misol uchun, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken ko‘p marta mintaqa mamlakatlari bilan kelishuvga erishish uchun bu yerga tashrif buyurdi. Masala shundaki, arab davlatlari agar Falastin davlati tashkil etilmasa, HAMASni urush oxirigacha qo‘llab-quvvatlashni taʼkidlashdi. Isroil bo‘lsa, HAMAS va Fath bilan kelisha olmasligini, agar Falastin davlati shakllantirilsa, u davlatda Isroilni dushman sifatida ko‘rmaydigan hukumat boshqaruvda bo‘lishini istamoqda. Ikki o‘rtada shu masala bo‘yicha turli muzokaralar bo‘ldi”, — dedi Farhod Karimov.

Siyosatshunosning fikr bildirishicha, yangi Falastin davlatining hukumati yangicha qarashdagi dunyoviy hukumat bo‘ladi.

Kuni kecha Qatarda kelishuv bo‘ldi. Unga ko‘ra, arab davlatlari Falastinda mo‘tadil hukumat shakllantirishga qaror qildi. Shuning uchun Mahmud Abbos boshchiligidagi hukumat hokimiyatdan ketdi. Mintaqa mamlakatlari AQSH va Isroil bilan kelishuvga erishgani bois Isroilning Rafahga kirishiga to‘sqinlik qilmayapti. Isroil bu hududlarni HAMASdan “tozalab” bo‘lgach, falastinliklar uchun Falastin davlati barpo etiladi. Bu davlatni tashkil qilish uchun asosiy moliyaviy investor Qatar bo‘lmoqda. Yaʼni hozir yangi Falastinda Isroil va AQSHga dushman bo‘lmagan yangicha qarashdagi dunyoviy hukumat shakllantirish reja qilingan. Mintaqa davlatlari bu borada Isroil va AQSH bilan kelishib bo‘lgan”, — deydi siyosatshunos.

Ma’lumot o‘rnida, oldinroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushdan keyin G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha o‘z rejasini birinchi marta Vazirlar Mahkamasiga taqdim etgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »