Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 69 nafar, biroq rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 68 nafar bolaning o‘limi, 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan sirop ishi bo‘yicha boshlangan sud bugun, 26-fevral kuni yakuniga yetdi. 

Foto: “Daryo”

Unda ishtirok etayotgan “Daryo” muxbirining xabar berishicha, ayni vaqtda Toshkent shahar sudlarining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati tomonidan sirop voqeasida ayblanayotgan 23 nafar sudlanuvchiga hukm o‘qildi. Unga asosan Hindiston fuqarosi, Quramax Medical MCHJ direktori Singh Ragvendra Pratarga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazoni o‘tab bo‘lgach, Hindistonga deportatsiya qilinadi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Shuningdek, Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev 18 yil, uning o‘rinbosarlari bo‘lgan Amirxon Azimov va Nodirbek Musayevga 16 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Shuningdek, “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqqan sudlov hayʼati siropdan zaharlanib vafot etgan 68 nafar bolaning qonuniy vakillariga 6 nafar sudlanuvchi hisobidan solidar tartibda 1 milliard so‘mdan tovon puli undirilishini belgiladi. Og‘ir tan jarohati olib nogiron bo‘lib qolgan 16 nafar va yengil tan jarohati olgan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga 500 million va 200 million so‘m miqdorida tovon puli undiriladigan bo‘ldi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Sud hukmiga ko‘ra:

  • Singh Ragvendra Pratar (1972-yilda Hindistonda tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,209-moddasi 1-qismi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2, 3-bandlariga asosan oqlandi. Singx Ragvendra PratapJinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 20-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin Singx Ragvendra Pratapni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish belgilandi.

B.Kambaraliyev (1978-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ savdo direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4-yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 3-yil 11 oy 18 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

  • N. Mirzaaxmedova (1992-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Quramax Medical” MCHJ ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. N. Mirzaaxmedovaga nisbatan Jinoyat kodeksning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 3-yil sinov muddati belgilandi.

E. Mirzaaxmedov (1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Quramax Medical” MCHJ bosh hisobchisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

  • S. Kariyev (1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2-yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 18-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Azimov (1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 25,205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2-yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 16-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

  • N. Musayev (1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori o‘rinbosari, Farmakopeya qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 25,205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2-yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 16-yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

G. Saliyeva (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori yordamchisi, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 1 yil 10 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

  • Sh. Shodmanov (1992-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vitse-boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 25,205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 28,210-moddasi 3-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 16 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

J. Erkiniy (1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 212-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga farmatsevtika sohasidagi davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 4 yil 6 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

  • S. Saidov (1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmakologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J. Shamshetov (1991-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan), A. Djalilov (1992-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan,  “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmakopeya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan) va G. Xalilova (1963-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmakologiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, ularning har biriga nisbatan 2 yilga farmatsevtika sohasidagi davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

  • G. Boltabayeva (1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga davlat idoralarida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

M. Xamdamov (1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) jinoyat ishi doirasidagi bitta epizod bo‘yicha Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. M. Xamdamov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 2 yil 10 oy 1 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

  • Sh. Xolmurodov (1992-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sertifikatlashtirish organi rahbari lavozimida ishlagan) jinoyat ishi doirasidagi bitta epizod bo‘yicha Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. Sh. Xolmuroodov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 3 yil 4 oy 24 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

N. Shukurullayeva (1988-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sinov markazi rahbari) jinoyat ishi doirasidagi bitta epizod bo‘yicha jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. N. Shukurullayeva Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi “a” bandi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 110 baravari miqdorida, yaʼni 33 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksning 62-moddasiga asosan 17 190 000 so‘m jarima jazosi qoldirilib, tayinlangan jarimani davlat foydasiga undirish belginadi.

  • Sh. Abduganiyev (1985-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan), F. Fayziyev (1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sertifikatlashtirish organi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan) va I. Mirzayoqubov (1991-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sinov markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. Sh. Abduganiyev, F. Fayziyev va I. Mirzayoqubov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, ularning har biriga nisbatan 2 yilga farmatsevtika sohasidagi davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

F. Talipov (1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi, Farmakologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman
Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »