Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida sudlanuvchilarga muzokara uchun so‘z berildi. Sudda so‘z olgan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i G.S. ayol sifatida siropdan vafot etgan bolalarning yaqinlariga sabr tiladi. Va fojiadan pushaymonligini bildirdi. 

Foto: “Daryo”
O‘tgan bir yil davomida oilamdan — farzandlarim va ota-onamdan uzoqda yashash nima ekanligini, oila diydorining qadri qanday ekanligini anglab yetdim, — dedi sudlanuvchi ayol muzokara so‘zida. 

Sudlanuvchi shuningdek, voqea yuzasidan qisman aybi borligini tan olib, “E’tiborsizligim sababdir hujjatlarda xatolik o‘tgan. Shu o‘tgan fursat davomida birgina xato qanday fojialarga olib kelishini anglab yetdim”, — dedi. 

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu sudlanuvchi “Dok-1 Maks” siropini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida siropdan namunalar olingan bo‘lsa-da, ular laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilmaganini ma’lum qilgandi.

Foto: “Daryo”
Laboratoriya sinovlari o‘tkazilmagan, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi yoki men ataylab, yomon niyatda yoki o‘lim holatiga olib kelishini bilib turib, bu narsani qilmaganmiz. Amaliyot bo‘lgani uchun qisman aybimga iqrorman. Shu sabab ham mana shu yerda (qamoq ehtiyot chorasi nazarda tutilmoqda — tahririyat izohi) to‘qqiz oydan beri o‘tiribman, — degandi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »