Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda bolalar shamollashiga qarshi qo‘llanilgan “Dok-1 Maks” siropi eng kamida 68 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgani, 16 nafar bolaning og‘ir, 2 nafar bolaning esa yengil tan jarohati olishiga olib kelgani ma’lum qilingandi. “Daryo” jurnalisti bilan suhbatlashgan jabrlanuvchilarning aytishicha, siropdan jabrlanganlar ro‘yxati 18 nafardan ko‘p bo‘lishi ham mumkin. 

Muslima qizimiz, “Dok-1 Maks” siropidan tan jarohati olib, nogiron bo‘lib qolgan. Biz bu haqda 2023-yilning 17-avgust kuni DXX tergov boshqarmasida gapirib berganmiz. Jabrlanuvchi sifatida tegishli hujjatlarni ham taqdim qilganmiz. Ammo bugungi kunga kelib, nabiramiz jabrlanuvchilar ro‘yxatidan tushib qolgani aniqlandi. Sud bo‘layotganini eshitib, sudga kelganimizda biz ro‘yxatda yo‘qligimiz uchun chaqirilmaganimizni aytishdi. Ammo DXXning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muslima qizimizning holati bo‘yicha boshlangan ish tergov qilinib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga yuborilganini bildirgan, — deydi Ulug‘bek Ulkenov. 
Ulug‘bek Ulkenov
Foto: “Daryo”

Murojaatchining aytishicha, ayni kunda 7 yoshga yetgan Muslimani davolatish uchun oyiga 38 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflanmoqda. 

Foto: “Daryo”

Sirop sabab nogiron bo‘lib qolgani aytilayotgan qizaloqning otasi Ilhom Azimov dorini o‘zi sotib olganini, qizi bu siropni uch kun uch mahaldan iste’mol qilganini aytmoqda. 

Qizim yetti yoshda. “Dok-1 Maks” siropini aptekadan o‘zim olib kelgandim. Qizim bu siropdan uch kun, uch mahaldan ichgandi. Shu doridan zaharlangach, avvaliga Jizzaxda, keyin Toshkentdagi bolalar markazida davolandi. Hozirgi kunda nogiron bo‘lib qolgan. Yurolmaydi, gapira olmaydi, faqat yotadi, — deydi qizaloqning otasi. 
Ilhom Azimov
Foto: “Daryo”

Ilhom Azimovning ma’lumot berishicha, qizini shifokorlar ko‘rsatmasiga asosan vaqti-vaqti bilan Toshkentda davolatib qaytadi. 

Tergovda barchasini aytib bergandik. Sudga kelsak, ro‘yxatda sizlarning familiyangiz chiqmayapti deyishdi. Uch-to‘rt kishining ismi ro‘yxatdan chiqmayotgan ekan, — deydi u. 

Tergov e’lon qilgan qo‘shimcha jinoyat ishida yozilishicha, “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari esa yengil tan jarohati olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »